Arrayni yaratish va uning metodlari
Doppi dasturlash tilida array yaratish, uning elementlari bilan ishlash va arrayning uzunligini aniqlash.
Arrayni Yaratish va Elementlar Qo'shish
Doppi dasturlash tilida arraylar yaratishda va ularga elementlar qo'shishda quyidagi sintaksis ishlatiladi:
-
Array yaratish:
Arrayni yaratishda uning uzunligini ko'rsatish mumkin, masalan,a[5] := [12, 34, 56];
bu yerdaa
nomli array 5 ta elementli qilib e'lon qilinadi, va bir nechta qiymatlar beriladi.
Qolgan elementlar bo'sh qiymatlar bilan to'ldiriladi. -
Arrayning uzunligini olish:
Arrayning uzunliginia.uzunlik
orqali olish mumkin. Bu metod arraydagi elementlar sonini qaytaradi. -
Arrayga yangi element qo'shish:
a[index]
orqali arrayga yangi element qo'shish mumkin. Misol uchun,a[3] := 78;
orqalia
arrayining 4-chi elementiga qiymat berish mumkin.
Eslatma
Array e'lon qilinganda element e'lon qilinishi zarur yoki uzunligi oldindan e'lon qilinishi zarur;
Arrayga Elementlar Qo'shish va Uzunlikni O'zgartirish
Array yaratib bo'lgach, uning uzunligini o'zgartirish yoki yangi elementlar qo'shish mumkin. Misol uchun:
yarat a[5] := [12, 34, 56]; // 5 ta elementli array yaratildi, 3 ta qiymat berildi, qolganlari bo'sh
chiqar(a); // Arrayni chiqaradi, natija: [12, 34, 56, <bo'sh />, <bo'sh />]
chiqar(a.uzunlik); // Arrayning uzunligini chiqaradi, natija: 5
a[3] := 78; // Arrayga yangi element qo'shildi
chiqar(a); // Arrayni chiqaradi, natija: [12, 34, 56, 78, <bo'sh />]
a.uzunlikAlmash(4); // Array uzunligini 4 ga o'zgartirish
chiqar(a); // Arrayni chiqaradi, natija: [12, 34, 56, 78]
Arrayning Elementlarini Olish va Uzunlikni O'zgartirish
Arrayda mavjud elementlarni olish yoki uning uzunligini o'zgartirish uchun quyidagi metodlardan foydalanishingiz mumkin:
chiqar(a.ol(2)); // 2-chi indeksdagi elementni chiqaradi, natija: 56
a.uzunlikAlmash(3); // Array uzunligini 3 ga o'zgartirish
chiqar(a); // Arrayni chiqaradi, natija: [12, 34, 56]
a.oxiridanOlibTashla(); // Oxirgi elementni olib tashlash
chiqar(a); // Arrayni chiqaradi, natija: [12, 34]
Natija:
[12, 34, 56, <2 ta bo'sh />]
5
[12, 34, 56, 78, <bo'sh />]
[12, 34, 56, 78]
56
[12, 34, 56]
[12, 34]
Arrayni ma'lum chegarada kesib olish
Array elementlarni ma'lum chegarada kesib olish uchun quyidagi usuldan foydalanamiz.
yarat a[5] := [12, 34, 56]; // 5 ta elementli array yaratildi, 3 ta qiymat berildi, qolganlari bo'sh
chiqar(a); // Arrayni chiqaradi, natija: [12, 34, 56, <2 ta bo'sh />]
chiqar(a[0:3]); //bu arrayning 0 - elementidan 3-elementigacha elementlarni qirqib sizga array qaytaradi.
[12, 34, 56, <2 ta bo'sh />]
[12, 34, 56, <1 ta bo'sh />]
Izohlar
- Arrayni yaratish:
a[5] := [12, 34, 56];
arrayni yaratishda 5 elementli bo'ladi. 3 ta qiymat berilgan va qolgan 2 ta element bo'sh qoldirilgan. - Uzunlikni olish:
a.uzunlik
metodini chaqirganda arrayning uzunligi qaytadi. Dastlab, array 5 ta elementli qilib yaratilgan. - Yangi element qo'shish:
a[3] := 78;
orqali arrayga yangi element qo'shildi. Bu element 4-chi indexga qo'shildi. - Uzunlikni o'zgartirish:
a.uzunlikAlmash(4);
metodi yordamida array uzunligini 4 ga o'zgartirdik va oxirgi bo'sh qiymat olib tashlandi. - Element olish va o'chirish:
a.ol(2)
orqali 2-chi indeksdagi elementni olish vaa.oxiridanOlibTashla()
yordamida oxirgi elementni olib tashlash mumkin.
// Arrayni yaratish va element qo'shish
yarat a[5] := [12, 34, 56]; // 5 ta elementli array yaratildi, 3 ta qiymat berildi, qolganlari bo'sh
chiqar(a); // Arrayni chiqaradi, natija: [12, 34, 56, <bo'sh />, <bo'sh />]
// Arrayning uzunligini olish
chiqar(a.uzunlik); // Arrayning uzunligini chiqaradi, natija: 5
// Yangi element qo'shish
a[3] := 78; // Arrayga yangi element qo'shildi
chiqar(a); // Arrayni chiqaradi, natija: [12, 34, 56, 78, <bo'sh />]
// Uzunlikni o'zgartirish
a.uzunlikAlmash(4); // Array uzunligini 4 ga o'zgartirish
chiqar(a); // Arrayni chiqaradi, natija: [12, 34, 56, 78]
Note
Hali yana tayyor funksiyalar e'lon qilinadi, kutganigiz uchun rahmat.