O'zgaruvchilar va O'zgarmaslar

Dastur yaratishda foydalaniladigan asosiy tushunchalar.

Namuna

// HelloWorld.doppi
yarat a:=12;
chiqar(a);

Doppi haqida eslatmalar

O'zgaruvchi va O'zgarmaslar

O'zgaruvchilar:
Dasturda vaqtinchalik ma'lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish uchun kerak. .doppi tilida o'zgaruvchilar yarat kalit so'zi bilan aniqlanadi:

yarat a := 12; // O'zgaruvchi aniqlash
chiqar(a);     // Natija: 12

a := 20;       // Qiymatni o'zgartirish
chiqar(a);     // Natija: 20

O'zgarmaslar:
Dastur davomida o'zgarmas qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi. .doppi tilida o'zgarmaslar doim kalit so'zi bilan belgilanadi:

doim a := 12;  // O'zgarmas aniqlash
chiqar(a);     // Natija: 12

a := 20;       // Xato: o'zgarmas qiymatni o'zgartirishga urinish

Nima uchun kerak:

  • O'zgaruvchilar vaqtinchalik qiymatlarni saqlaydi va hisoblashlarni osonlashtiradi.
  • O'zgarmaslar esa dasturda xatolik ehtimolini kamaytiradi va kodni yanada xavfsiz qiladi.

Eslatma

Sikllar hamda rekursiv funksiyalar ichida o'zgaruvchi yaratish mumkun emas.

Ushbu tuzilma yordamida .doppining boshqa mashhur tillardan farqli va sodda tomonlarini tushunish osonlashadi.