Shartli Operatorlar

Doppi dasturlash tilida shartli operatorlar bilan ishlash uchun qo'llanma.

Doppi Tilda Shartli Operatorlar

Doppi dasturlash tilida shartli operatorlar yordamida turli holatlarni boshqarish mumkin. Bu tilda faqat agar va aks mavjud, aks agar ishlatilmaydi. Kod oqimini boshqarishda agar qismidagi tugallanmasida aks mavjud bo'lsa, oxiriga nuqta-vergul (;) qo'yilmaydi, faqat aks qismida nuqta-vergul ishlatiladi.


Shartli Operatorlar Sintaksisi

agar (shart) {
    // Shart bajarilganda ishlatiladigan kod
} aks {
    // Shart bajarilmasa ishlatiladigan kod
};

Agar inkor amalini ishlatmoqchi bo'lsangiz emas() kalit so'zini ishlatamiz. misol uchun (rost && yolgon || emas(rost && yolgon ))

Misol:

yarat num := 10;

agar (num == 10) {
    chiqar("10 ni qaytardi")
} aks {
    chiqar("20 ni qaytardi");
};

// Shartlardan tashqari umumiy holat
chiqar("30 ni qaytar");

Ichma-ich Shartlar

Doppi tilda ichma-ich joylashgan shartlar bilan murakkab tekshirishlarni amalga oshirish mumkin.

agar (num > 0) {
    chiqar("Musbat son");
    agar (num % 2 == 0) {
        chiqar("Juft son");
    } aks {
        chiqar("Toq son");
    };
} aks {
    chiqar("Manfiy yoki nol");
};

Kengaytirilgan Misol

Murakkab shartli konstruktsiyani faqat agar va aks yordamida yaratish mumkin. Quyida baho baholash uchun dastur ko'rsatilgan:

yarat baho := 85;

agar (baho >= 90) {
    chiqar("A darajasi");
} aks {
    agar (baho >= 80) {
        chiqar("B darajasi");
    } aks {
        chiqar("C darajasi");
    };
};

Doppi Tilda Shartlarni Soddalashtirish

Doppi tilida shartlarni ketma-ket yozish orqali murakkabligi kamaytiriladi. Faqat kerakli shartni aniqlang va shunga qarab shartli operatorni ishlating.


yarat num := 10;

agar (num == 10) {
    chiqar("10 ni qaytardi")
} aks {
    chiqar("20 ni qaytardi");
};

chiqar("30 ni qaytar");

Doppi Tilda Shartli Operatorlar

Shartli Operatorlar

Doppi tildagi asosiy farqlar:

  • agar - Shartni ifodalash uchun ishlatiladi.
  • aks - Shart bajarilmaganda bajariladigan kodni yozish uchun ishlatiladi.
  • aks tugagandan keyin nuqta-vergul (;) qo'shiladi.

Xulosa

Doppi tilda shartli operatorlar sodda va tushunarli tuzilgan. Har qanday murakkab shartni faqat agar va aks yordamida ifodalash mumkin. Bu dasturlash tili strukturasi ixcham va o'qilishi oson bo'lishiga katta yordam beradi.